Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

Maosh $2000 dan boshlanadi va nomzodlar B va B–C toifali guvohnomaga ega bo‘lishi kerak

Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi B va B-C toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda, deya xabar berdi agentlikning Telegram’dagi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.

Yetkazib beruvchi haydovchiligi bo‘yicha ish o‘rinlari 100 ta bo‘lib, nomzodlar 21−35 yosh oralig‘ida, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli bo‘lishi kerak. Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi.

Kompaniya nomzodlarni 28−30-yanvar kunlari onlayn suhbat asosida tanlab oladi. Shundan so‘ng ulardan 16-fevraldan Toshkent viloyati Angren shahrida boshlanadigan 6−8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo‘lish talab etiladi (yotoqxona bilan ta’minlanadi).

Ish haftada 5 kun, 8 soatdan bo‘lib, turar joy ish beruvchi tomonidan beriladi va xodim o‘z hisobidan oyiga $200 to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi.

Oylik maosh $2 mingdan boshlanadi, u yiliga bir marta oshishi mumkin. Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda qo‘shimcha daromad olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag‘batlantirish beriladi.

Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (harajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. Nomzod hisobidan ovqatlanishga oyiga $300 atrofida sarflanadi.

Har bir nomzod Migratsiya agentligining Xorijda ish platformasidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,3 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,3 mln so‘mdan oshdi
Janubiy Koreya O‘zbekistonda intellektual mulkni raqamlashtirish uchun $9,7 mln ajratadi
/
Janubiy Koreya O‘zbekistonda intellektual mulkni raqamlashtirish uchun $9,7 mln ajratadi
Raqobat qo‘mitasi ruxsatsiz reklama uchun mehmonxonani jarimaga tortdi
/
Raqobat qo‘mitasi ruxsatsiz reklama uchun mehmonxonani jarimaga tortdi