Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi

Bundan tashqari, 2 ta tashkilot o‘z arizasiga ko‘ra mikromoliya tashkilotlari reestridan chiqarildi

Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan 6 ta yig‘ilish davomida jami 27 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 17 ta masala muhokama qilindi. Xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish, to‘lov tashkiloti faoliyati uchun litsenziya ajratish hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Shuningdek, “Baraka Biznes Hamkor Mikromoliya Tashkiloti” va “Effective Money Mikromoliya Tashkiloti” MChJlar o‘z arizasiga ko‘ra mikromoliya tashkilotlari reestridan chiqarildi. “IT Unisoft Group” AJga berilgan to‘lov tashkiloti litsenziyasi ham ariza asosida bekor qilindi.

Qo‘mita kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masalani ham ko‘rib chiqdi. Unda prudensial me’yorlarga rioya etilishi, inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish hamda to‘lov tashkilotlari faoliyatidagi talablar bajarilishi muhokama qilindi.

Qonunchilik talablarini bajarmagan 4 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan qat’iy choralar qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirish berildi. Korporativ bank kartalariga xizmat ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklar sabab 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘llandi.

Bundan tashqari, ustav kapitalini belgilangan minimal darajaga yetkazmaganligi va bank faoliyatiga oid talablar bajarilmagani sababli “YANGI BANK” aksiyadorlik jamiyatining bank litsenziyasi bekor qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
/
Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi
/
“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi
Mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqariladi
/
Mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqariladi