26.3.2025 | 19:02
2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 mln nafar turist kelgan
Turistlarning asosiy qismini Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari tashkil qilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.
Mamlakatlar kesimida yuqorilikni Qirg‘iz Respublikasi (422,5 ming nafar), Tojikiston (401,3 ming nafar) va Qozog‘iston (199 ming nafar) respublikalari tashkil qilgan.
Shuningdek, quyidagi mamlakatlardan turistlar kelgan:
- Qozog‘iston — 199 048 nafar;
- Rossiya — 90 611 nafar;
- Afg‘oniston — 81 797 nafar;
- Turkmaniston — 48 871 nafar;
- Turkiya — 22 520 nafar;
- Xitoy — 14 062 nafar;
- Hindiston — 10 326 nafar;
- Koreya Respublikasi — 5 292 nafar;
- Boshqa davlatlar — 38 810 nafar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ