2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 mln nafar turist kelgan

Turistlarning asosiy qismini Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari tashkil qilgan

2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 mln nafar turist kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.

Mamlakatlar kesimida yuqorilikni Qirg‘iz Respublikasi (422,5 ming nafar), Tojikiston (401,3 ming nafar) va Qozog‘iston (199 ming nafar) respublikalari tashkil qilgan. 

Shuningdek, quyidagi mamlakatlardan turistlar kelgan:

  • Qozog‘iston — 199 048 nafar;
  • Rossiya — 90 611 nafar;
  • Afg‘oniston — 81 797 nafar;
  • Turkmaniston — 48 871 nafar;
  • Turkiya — 22 520 nafar;
  • Xitoy — 14 062 nafar;
  • Hindiston — 10 326 nafar;
  • Koreya Respublikasi — 5 292 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 38 810 nafar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi