O‘zbekiston BRIKS Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi
Shuningdek, tomonlar qiymati $5 mlrdlik qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumiga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.
Uchrashuvda bankning boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati $5 mlrdlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.
Davlat rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ