“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Mazkur mukofot bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, Prezident maktablari bitiruvchilari taqdirlanadi

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan “yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib kelayotgan, mamlakat taraqqiyoti uchun salohiyatini namoyon etayotgan, davlatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, vatanparvarligi, fidoyiligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan fuqarolar” taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilar doirasida shakllantiriladi:

  • “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari
  • maktablar va Prezident maktablari
  • “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi ishtirokchilari
  • dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yurituvchi — Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamjamiyati.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taqdirlanadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, taqdim etish va ko‘rib chiqish masalalarini tashkil etish uchun ishchi organ vazifasini bajaradi.

Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25-martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi. Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish hamda ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.

Respublika komissiyasi har yili 20-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Nishon bilan, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyatining qurultoyida topshiriladi. Uni bir shaxs bir marta olishi mumkin bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ilon Mask va Jeff Bezos 2028-yil Samarqanddagi Xalqaro astronavtika kongressiga taklif etiladi
/
Ilon Mask va Jeff Bezos 2028-yil Samarqanddagi Xalqaro astronavtika kongressiga taklif etiladi
Toshkentda Telegram-kanal administratori mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikka tortildi
/
Toshkentda Telegram-kanal administratori mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikka tortildi
Andijon viloyatida infratuzilmani rivojlantirish uchun investkompaniya tashkil etiladi
/
Andijon viloyatida infratuzilmani rivojlantirish uchun investkompaniya tashkil etiladi