Tatyana Asmakovets “Yangi Bank” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

U bungacha kichik va o‘rta biznes departamenti direktori lavozimida ishlagan

Tatyana Asmakovets “Yangi Bank” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

3-fevraldan Tatyana Asmakovets “Yangi Bank” xususiy banki boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashining 31 yavardagi yig‘ilishi bayonnomasida ma’lum qilingan. 

Tatyana Asmakovetsning Facebook’dagi sahifasiga ko‘ra, u 1984-yil 28-avgustda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Alfa Bankda o‘rta-korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor, Pochta Bankda korporativ biznes rahbari,  “Bank Otkritiye” ning kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha departament direktori o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Hozirgi lavozimiga qadar u ushbu bankda kichik va o‘rta biznes departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Asmakovets “Uzum Bank” AJ boshqaruvini boshqargan Svetlana Xening o‘rnini egalladi.

Avvalroq, Kuzatuv kengashi “Uzum Bank” boshqaruvi raisligiga Svetlana Xeni tayinlagani haqida xabar berilgandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
/
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
/
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi