Timofey Smirnov “Yangi Bank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Markaziy bank uning lavozimini tasdiqlagandan so‘ng bankni uch yil muddatda boshqaradi

Timofey Smirnov “Yangi Bank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi

“SEG Enera” bosh direktori Timofey Smirnov xususiy “Yangi Bank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborotning yagona portalidan ma’lum bo‘ldi.

Aksiyadorlarning 30-iyundagi yillik yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, Smirnov ushbu lavozimga 3 yil muddatga tasdiqlangan. Bunda uning vakolatlarini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risida har yili alohida qaror qabul qilinadi. Muddat hisobi nomzod Markaziy bank tomonidan ma’qullangandan va rasman lavozimga kirishgandan so‘ng boshlanadi.

Smirnov allaqachon “Yangi Bank” kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u “Sanoat Energetika Guruhi Enera” (SEG Enera) kompaniyasini boshqarmoqda. Ushbu kompaniyaning ta’sischilari “Belvor Holding Co. HK Limited” (100%) va Baxtiyor Fozilov bo‘lib hisoblanadi.

Avvalroq, 3-fevraldan boshlab “Yangi Bank” boshqaruvi raisi vazifasini Tatyana Asmakovets vaqtincha bajarib kelgan edi. U “Uzum Bank” ga o‘tgan Svetlana Xening o‘rnini egalladi. Bunga qadar Asmakovets bankning o‘zida kichik va o‘rta biznes departamentiga rahbarlik qilgan.

“Yangi Bank” 2023-yilning may oyida ta’sis etilgan. Uning ustav fondi 200 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bankning ta’sischisi Singapurning “Yangi Holding PTE LTD” kompaniyasiga to‘liq tegishli bo‘lgan “Yangi Group” xorijiy kompaniyasidir. “Yangi Group” rahbari lavozimini ham Timofey Smirnov egallab turibdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
/
Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
/
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
/
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi