Toshkentdagi “Yangi avlod” sanoat zonasiga $400 mln investititsiya jalb qilinadi
Prezidentga “BRT” tizimini kengaytirish, logistika terminali barpo etish va sanoat zonasini rivojlantirish loyihalari taqdim qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevga poytaxtni kompleks rivojlantirish, sanoat va transport infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan axborot berildi.
Prezident 15-oktabr kuni ushbu sanoat zonasi faoliyati bilan tanishib, “East Can Solutions” kompaniyasinng alyumin qadoq ishlab chiqarish va salqin ichimliklar quyish majmuasini ko’zdan kechirdi. Korxona 21 gektar hududda joylashgan va uning qiymati $90 mlnni tashkil qiladi. Uning ishlab chiqarish quvvati ilk bosqichda yiliga 600 mln dona, keyingi bosqichlarda esa 1,1 mlrd va 2,2 mlrd dona alyumin qadoq mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Loyihaning ishga tushishi natijasida $60 mlnlik import o‘rni qoplanib, $20 mlnlik eksport imkoniyati yaratiladi. Mahalliylashtirish darajasi 90% ga yetkaziladi.
Aslida ushbu sanoat zonasi rezident 2024-yilning mart oyida bu haqdagi farmonni imzolagan edi. Unda 2025-yil oxiriga kelib, uni rivojlantirish uchun $1,5 mlrdgacha to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi aytilgandi.
Hozir esa oziq-ovqat, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va qurilish materiallari yo‘nalishlarida jami $1,2 mlrdlik 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbariga ularning 28 tasi (268 gektarda umumiy qiymati esa $800 mln) taqdimot qilindi. Bu orqali 7,6 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Matbuot xizmati xabar berishicha, 16-oktabr kuni berilgan taqdimotda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi. Xususan, 300 gektarda joylashadigan 30 ta loyiha bo‘yicha investorlar aniqlangan bo‘lib, umumiy investitsiyalarning hajmi $400 mlnni tashkil etadi. Shuningdek, hududda $288 mln investitsiya hisobiga multimodal logistika terminali barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.
Loyiha Dubayning “DP World” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Terminal ishga tushgach, poytaxt va Toshkent viloyatining logistika imkoniyatlari kengayadi, eksport va import operatsiyalari tezlashadi, deyiladi xabarda.
Poytaxtda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Shota Rustaveli ko‘chasidagi tajribadan kelib chiqib, “BRT” tizimi (Bus rapid transit) asosida yana 10 ta ko‘chada shunday qurilish ishlari boshlanadi.
Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini tartibga solish va shahar qiyofasini yagona dizayn-kod asosida takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Kelgusi yilda mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy byudjetdan 1 trln so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.
Prezidentimiz poytaxtdagi yangilanishlar insonlar uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga, iqtisodiy faollik va tadbirkorlik salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Taqdimot davomida boshqa hududlardagi yirik loyihalar yuzasidan ham ma’lumot berildi. Jumladan, Buxoro shahrining sayyohlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ