Yandex Uzbekistan o‘zining Market marketpleysini ishga tushirdi
Kompaniya kelgusida yetkazish punktlarini 60 tadan 250 taga oshirishni rejalashtirmoqda

Yandex Uzbekistan o‘zining Market marketpleysini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kapital.uz’ga ma’lum qildi.
Marketpleysda elektronika, maishiy texnika, uy va ta’mirlash buyumlari, kiyim-kechak va poyabzal, go‘zallik vositalari kabi mahsulotlarni xarid qilish mumkin.
Marketpleys doirasida Yandex Factory — kompaniyaning shaxsiy ishlab chiqarish yo‘nalishidagi mahsulotlari ham taqdim etildi. Bugungi kunda yettita shaxsiy brend mahsulotlari taqdim etilmoqda. Xususan:
- Lunnen — kompyuter texnikasi,
- Commo — elektron aksessuarlar,
- Tuvio — maishiy texnika,
- Pragma — uy uchun mahsulotlar,
- Junion — bolalar mahsulotlari,
- Cubits — radioboshqaruvli o‘yinchoqlar,
- Nocord — elektroasboblar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shular jumlasidan.
Buyurtmani Yandex Go ilovasi yoki market.yandex.uz sayti orqali rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, Yandex Market’ning Toshkent shahri va viloyati bo’ylab 60 ta mahsulotni tarqatish punktlari mavjud, yil oxirigacha ular soni 250 taga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Marketpleys Yandex Split xizmati orqali bo‘lib to‘lash imkoniyati ham taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, xaridor mahsulot narxining bir qismini to‘lab, qolgan summani bo’lib to’lash mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ