Uzbekistan Airways yana to‘rtta Airbus A321neo sotib olish bo‘yicha dastlabki bitimni imzoladi

Samolyotlar 2027−2028-yillarda Xitoy kompaniyasi tomonidan yetkaziladi

Uzbekistan Airways yana to‘rtta Airbus A321neo sotib olish bo‘yicha dastlabki bitimni imzoladi

Uzbekistan Airways Xitoyning “China Aircraft Leasing Group Holdings Limited” (CALC) lizing kompaniyasi bilan ikki klassli salon rejasiga ega bo‘lgan to‘rtta Airbus A321neo samolyotini lizing asosida olish yuzasidan dastlabki bitim (LOI) imzoladi.

Aviakompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur samolyotlar 2027–2028-yillar davomida yetkazib beriladi. Laynerlar Airbus’ning yangi avlod Airspace Premium salonlari, zamonaviy bortdagi ko‘ngilochar tizim va parvoz vaqtida yuqori tezlikdagi simsiz internet bilan ta’minlanadi.

Uzbekistan Airways ta’kidlashicha, ushbu texnologiyalar yo‘lovchilarga parvoz davomida qulay raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini yaratadi va umumiy komfort darajasini oshiradi.

Aviakompaniyaning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan aviaparkni yangilash strategiyasi doirasida, 2028-yil oxirigacha CALC’dan jami olti dona Airbus A321neo samolyoti qabul qilib olinishi rejalashtirilgan.

Mazkur yangilanish Uzbekistan Airways’ga ushbu turdagi samolyotlar sonini 15 taga yetkazish, yo‘lovchi tashish salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyodagi yetakchi aviakompaniya sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kompaniya qayd etishicha, yangi A321neo laynerlarining kelishi flotni modernizatsiya qilish, yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish hamda xizmatlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli dasturning bir qismidir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi