O’zbekistonda yana ikkita mikromoliya tashkiloti ro’yxatdan o’tkazildi

Qaror Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 7-noyabr kuni qabul qilindi

O’zbekistonda yana ikkita mikromoliya tashkiloti ro’yxatdan o’tkazildi

Joriy yilning 7-noyabr kuni Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan “Sarmoyachi group” va “Tezpul online” mikromoliya tashkiloti  MCHJlariga litsenziya berildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, MCHJlar mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida “Tezpul online” kompaniyasi 10 million so’m ustav kapitali bilan tashkil etilgan. Kompaniya rasmiy ravishda maʼlumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Asoschisi Timur Xoʻjaxonov.

“Sarmoyachi” korxonasi avgust oyida Yunusobod tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va kredit ishlari bilan shug‘ullanadi. Ustav kapitali 2,2 mlrd so‘m bo‘lib, uning 100% Rustam Ahrarovga tegishli.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi