Oʻzbekistondagi elektron xizmatga ega xorijiy kompaniyalar qancha soliq toʻlagani ma’lum bo’ldi

Yetakchi o’rinlarda “Meta”, “Google” va “Apple” kompaniyalari bo’ldi

Oʻzbekistondagi elektron xizmatga ega xorijiy kompaniyalar qancha soliq toʻlagani ma’lum bo’ldi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 101,9 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p. 

Shu bilan birga, o’tgan 9 oy davomida xizmatlar hajmi 1,9 barobarga oshib, 849,1 mlrd so’mga yetgan.

Shuningdek, toʻlangan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchilar reytingidagi yetakchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, ro’yxatda “Meta” — 41,1 mlrd so’m, “Google” — 26,1 mlrd so’m, “Apple” — 22,6 mlrd so’m va ro’yxatda “Amazon”, “Booking.com” kabi boshqa kompaniyalar ham bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi