Toshkent viloyatining uchta tumanida xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari joriy etildi

Soliq imtiyozlari Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlaridagi korxonalarga beriladi

Toshkent viloyatining uchta tumanida xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari joriy etildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Prezident farmoni Lex.uz saytida e’lon qilindi.

Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar bo‘yicha soliq imtiyozlari Toshkent viloyatining 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlaridagi kompaniyalarga ham tatbiq etiladi. O‘zgarish Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlariga amal qiladi.

Imtiyozlar amal qiladigan sohalar ro‘yxati ham kengaytirilmoqda. Xorijiy xususiy kapital ishtirokidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalar ham imtiyoz olishlari mumkin.

Soliq kodeksining 471−472-moddalari chet el investitsiyalari ishtirokidagi kompaniyalar uchun bir qator shartlar bajarilgan taqdirda, yer va mol-mulk soliqlaridan, shuningdek suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan vaqtincha ozod qilishni nazarda tutadi. Ushbu imtiyozlarning amal qilish muddatini prezident belgilaydi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
/
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda