Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlariga 200% gacha ustama beriladi
Direktorlar, o‘qituvchilar va ustalarga majburiy ustamalar beriladi, natijaga qarab qo‘shimcha rag‘batlantirish joriy etildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Hukumatning VMQ-51-sonli qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, xalqaro dasturlarga jalb qilingan direktorlar, bosh buxgalterlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalariga har oy bazaviy maoshiga nisbatan 100% majburiy ustama to‘lanadi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lash fondining 50%i miqdorida maxsus rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Yangi tizimga asosan, yuqori reyting natijalariga erishgan pedagoglar faoliyati qo‘shimcha tarzda baholanadi va ularga bazaviy stavkaga nisbatan 200%gacha mukofot puli berilishi mumkin.
Mazkur tartib xalqaro standartlar asosida ta’lim sifatini oshirish va texnikumlarda malakali pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani qayd etildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ