Ayollar uchun pensiya yoshi kamaytirilish haqidagi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

20-yillik mehnat stajiga ega ayollarga pensiyani erta tayinlash va ayrim xizmatlarni murojaatsiz ko‘rsatish rejalashtirilmoqda

Ayollar uchun pensiya yoshi kamaytirilish haqidagi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

O‘zbekistonda ayollar uchun pensiya yoshini kamaytirish bo‘yicha yangi loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishlab chiqqan taklifga ko‘ra, 20-yillik mehnat stajiga ega ayollarga pensiya umumiy yosh chegarasidan 1-yil oldin tayinlanishi mumkin.

Loyihada 1-iyundan boshlab pensiya ta’minoti sohasidagi ayrim xizmatlarni fuqarolarning alohida murojaatisiz, proaktiv shaklda amalga oshirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, shtat qisqarishi, ish hajmining kamayishi yoki korxona tugatilishi sababli ishdan bo‘shatilib, ishsiz deb topilgan fuqarolarga pensiya umumiy yoshdan 2-yil oldin tayinlanishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Pensiya jamg‘armasi fuqarolardan qog‘oz shakldagi hujjatlar va ma’lumotlarni qabul qilishni to‘xtatishi ko‘zda tutilgan. Bu esa pensiya xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish jarayonining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi