“China Southern Airlines” O‘zbekistonga parvozlar chastotasini ko‘paytiradi

Xususan, parvozlar yetti martagacha oshirilishi mumkin

“China Southern Airlines” O‘zbekistonga parvozlar chastotasini ko‘paytiradi

“Uzbekistan Airports” va “China Southern Airlines” kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” 1-aprelda ma’lum qildi

Tashuvchi mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qildi.

“China Southern Airlines” —  Guanchjou shahrida joylashgan xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni taklif etib kelmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi
/
Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 600 mln so‘mdan ortiqqa sotildi
/
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 600 mln so‘mdan ortiqqa sotildi
O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashriflari soni 3,4 barobar ko‘paydi
/
O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashriflari soni 3,4 barobar ko‘paydi