Xitoy AQShdan import qilinadigan ayrim mahsulotlarga 10-15% li soliq joriy qildi

Shuningdek, Googlega nisbatan tergov jarayonlarini boshlagan

Xitoy AQShdan import qilinadigan ayrim mahsulotlarga 10-15% li soliq joriy qildi

Xitoy AQShdan import qilinayotgan neft va qishloq xo‘jaligi texnikasi importiga 10% li,  ko‘mir va suyultirilgan tabiiy gaz (SGT) ga 15% li boj joriy qildi. Bu haqda Xitoy Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Pekin AQSH prezidenti Donald Trampning barcha Xitoy mahsulotlariga 10% lik boj joriy etish to‘g‘risidagi qarori kuchga kirganidan so‘ng javob choralarini e’lon qildi.

Pekin tarkibida volfram, tellur, ruteniy, molibden bo‘lgan materiallarni eksport nazoratini joriy qildi, shuningdek, bir nechta kompaniyalarni ishonchsizlar ro‘yxatiga kiritdi. Xususan, PVH (Kalvin Kleinga tegishli) va Illumina shular jumlasidan. 

Bundan tashqari, Googlega nisbatan taxmin qilingan monopoliyaga qarshi qonun buzilishlari yuzasidan tergov boshlandi.

Bloomberg Xitoyning Google’ga e’tirozlari Android operatsion tizimi, Chrome brauzeri yoki onlayn reklamalarga taalluqli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda va tergovni ramziy qadam sifatida baholagan. Chunki korporatsiya 2010-yilda hukumat bilan mojaro tufayli Xitoy bozorini tark etgan va respublikadagi faoliyati asosan mahalliy firmalarning reklamasi bilan cheklangan.

Eslatma: Xitoy AQShning uchinchi yirik savdo hamkori bo‘lib, noyabr oyida uning ulushi Amerika tashqi savdo hajmining 11,3% ini tashkil etdi. Undan faqat Meksika (15,4%) va Kanada (13,8%) oldinda turadi. Rossiya AQShning eng yirik 15 ta savdo hamkori ro‘yxatiga kirmaydi. 

New York Times nashrining ta’kidlashicha, 2024-yilda Xitoyning savdo profitsiti so‘nggi yuz yil ichida boshqa har qanday davlat ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
/
UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi
/
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi