Xitoyning «Shenzhen Neptune Logistics» kompaniyasi logistika markazini qurish uchun $15 mlngacha sarmoya kiritadi

Shuningdek, kompaniya respublikada А+ toifali omborxonalar qurish istagini bildirdi

Xitoyning «Shenzhen Neptune Logistics» kompaniyasi logistika markazini qurish uchun $15 mlngacha sarmoya kiritadi

Xitoyning «Shenzhen Neptune Logistics» kompaniyasi O’zbekistonda logistika markazi qurilishiga $10 dan $15 mlngacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O’ztemiryo’lkonteyner» xabar bermoqda.

Davlat kompaniyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Akmal Kamalov kecha Xitoy kompaniyasining tijorat direktori Nensi Tan bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda xalqaro transport yo’laklarini rivojlantirish va logistika xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida tarqatish xizmatlarini ko’rsatadigan А+ toifali omborlarni qurish taklif etildi.

Bundan tashqari, Xitoyning Sian, Chengdu va Shenzhen viloyatlaridan «Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston» multimodal yo’nalishi bo’yicha Turkiya va Yevropa mamlakatlariga transport yo’laklari orqali konteyner tashishni boshlash masalalari muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
/
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi