Xiaomi kengaytirilgan ekranli yangilangan Smart Band 10 smart bilaguzugini taqdim etdi
Yangilangan versiyada kengaytirilgan sport funksiyalari va yangi uyqu nazorati tizimi mavjud

Xiaomi rasmiy ravishda yangi avlod fitnes-bilaguzugi — Xiaomi Smart Band 10 ni taqdim etdi. Ushbu model qulaylik, uslub va sog‘liqni aniq nazorat qilishga alohida e’tibor bilan yaratilgan.
Asosiy ko‘zga tashlanadigan farqi — 1.72 dyuymli AMOLED-ekran bo‘lib, yon chetlari ancha tor va yorug‘lik 1,5 ming nitgacha yetadi. Shu tufayli ekran to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarida ham yaxshi ko‘rinadi. Qurilma yangi keramik — Pearl White (Marvarid o‘qi) dizaynida ham taqdim etilgan, aksessuarlar orasida esa osma kulon shaklidagi variant ham bor.
Smart Band 10,1 mingdan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangilangan suzish rejimida bilaguzuk yurak urishini real vaqtda kuzatadi va basseyndagi aylanishlarni aniq hisoblaydi. Bu esa 5ATM suv o‘tkazmasligi va 9-o‘qli sensor yordamida amalga oshadi.
Bu modelda uyquga ham alohida e’tibor qaratilgan: odatdagi trekingdan tashqari, uyqu samaradorligi va uning fazalari baholanadi, shuningdek, World Sleep Society, Osiyo uyqu tibbiyoti jamiyati va Xitoy uyqu tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 21 kunlik uyquni yaxshilash dasturi ham taqdim etilgan.
Avvalgi modellar kabi, Smart Band 10 ham qondagi kislorod darajasi, yurak urishi, stress darajasi kabi ko‘rsatkichlarni kuzatadi va Bluetooth orqali yurak ritmini mos qurilmalarga uzata oladi.
Qurilma Xiaomi HyperOS 2 ekotizimi bilan to‘liq moslashgan bo‘lib, uning orqali smartfon, planshet va quloqchinlarni bilakdan turib boshqarish mumkin. Qo‘shimcha funksiyalar orasida — ogohlantirishlar, tezkor javoblar, kalendar, mini-o‘yinlar va 200 dan ortiq tsiferblatlar mavjud.
Avtonom ishlash vaqti — oddiy rejimda 21 kungacha, Always-on Display yoqilgan holda — 9 kungacha. Bilaguzuk taxminan 1 soatda to‘liq quvvatlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ