Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda

Forum doirasida Way II kompaniyasi o‘zining texnologik investitsiya mahsulotlarini namoyish qilmoqda

Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda

Toshkent xalqaro investitsiya forumi — bu nafaqat O‘zbekiston, balki, Markaziy Osiyo davlatlarida kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini namoyon etuvchi nufuzli xalqaro maydon. Mazkur forum global investorlar uchun O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan salmoqli investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati va raqamli iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlar investorlar e’tiboriga havola etiladi. Forum joriy yilning 10–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Forumning O‘zbekiston uchun ahamiyati

O‘zbekiston bugungi kunda faol iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda. Bu esa xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakat hukumati chet el investitsiyalarini barqaror iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning muhim omili sifatida ko‘radi.

Way II – forumdagi muhim ishtirokchilardan biri

Forumning asosiy ishtirokchilaridan biri bu – Way II kompaniyasi bo‘lib, u O‘zbekistonda sarmoya kiritish bo‘yicha jozibali imkoniyatlarni faol ilgari surmoqda. Kompaniya forum davomida investitsiya paketlarini taqdim etadi. Ushbu loyihalar orasida Akfa Aluminium kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik tashabbuslar alohida o‘rin tutadi. Bu esa Way II kompaniyasining O‘zbekistonning eng yirik va muvaffaqiyatli kompaniyalari bilan samarali hamkorligini ko‘rsatib beradi.

Shuningdek, Way II kompaniyasi forumda o‘zining mobil investitsiya platformasi – Way Invest ilovasini ham namoyish etadi. Ushbu platforma orqali investorlar o‘z mablag‘larini istalgan joyda va istalgan vaqtda boshqarish hamda nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa investitsiya jarayonini ancha qulay va shaffof qiladi.

Investorlar uchun imkoniyatlar

Way II kompaniyasi forum doirasida islomiy moliya tamoyillariga mos keladigan, axloqiy investitsiya mahsulotlariga alohida urg‘u beradi. Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan loyihalarga kiritilgan sarmoyalar nafaqat barqaror daromad keltiradi, balki investorlarga ularning mablag‘lari halol va shaffof biznes strukturalarida ishlayotganiga ishonch bag‘ishlaydi.

Bundan tashqari, forum ishtirokchilari yiliga 10–15% daromad keltirishi kutilayotgan yirik loyihalarga sarmoya kiritish, shuningdek, yiliga ikki marotaba dividend olish imkoniyati haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Forumga qo‘shiling va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalariga qanday qilib oson va xavfsiz tarzda sarmoya kiritish mumkinligini bilib oling!

Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78) 555-55-55
Sayt: waygroup.uz
Facebook: @Way ll Group 
Instagram: @way_ll_group  
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group  
LinkedIn: @wayllgroup 
YouTube: @Way_ll_Group 

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda Yandex Go hamkor restoranlari buyurtmalar asosida to‘lanadigan reklama xizmatidan foydalanishlari mumkin
/
Endilikda Yandex Go hamkor restoranlari buyurtmalar asosida to‘lanadigan reklama xizmatidan foydalanishlari mumkin
Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar
/
Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar
Jamg‘armalar bilan nima qilish kerak: Way II ko‘chmas mulkka investitsiyalar va investitsiya paketlarini taqqoslaydi
/
Jamg‘armalar bilan nima qilish kerak: Way II ko‘chmas mulkka investitsiyalar va investitsiya paketlarini taqqoslaydi