Way II loyihasi islom moliyasi tamoyillariga muvofiqlik xulosasiga ega bo‘ldi

Zamonaviy dunyoda moliyaviy barqarorlik va mustaqillik inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, investisiyalar muvaffaqiyatli kelajakning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Way II loyihasi islom moliyasi tamoyillariga muvofiqlik xulosasiga ega bo‘ldi

Shu sababli, Way II islomiy moliyalashtirish tamoyillariga muvofiq innovasion, ishonchli yechimlarni taklif etmoqda va investisiya uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Way II islomiy moliyalashtirish tamoyillariga qat’iy rioya qilishga alohida e’tibor qaratadi, bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) kompaniyasining xulosasi bilan tasdiqlangan. Ushbu xulosaga ko‘ra, Way II loyihasi va uni boshqaruvchi kompaniya faoliyati islom huquqi va moliyasi me’yorlariga to‘liq mos keladi.

Islomiy moliyalashtirish tamoyillariga muvofiqlik xulosasini olish, tashkilot va uning loyihasi Islomiy moliya bo‘yicha Ilmiy kengash tomonidan o‘rganilganligi va loyiha faoliyati islom huquqi va moliyasi talablariga muvofiqligi rasman tasdiqlanganligini anglatadi. Xususan, ushbu xulosa Way II loyihasi moliyaviy mahsulotlari va xizmatlari «ribo» (foiz), «g‘arar» (noaniqlik) va «jaxala» (noma’lumlik) kabi ta’qiqlangan elementlarning o‘z ichiga olmasligini tasdiqlaydi.

Ta’qiqlangan elementlar mavjud emasligi, Way II loyihasi va boshqaruvchi kompaniya faloiyatining islom huquqi va moliyasi standartlariga muvofiqligi ushbu kompaniyaning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi, kompaniya faoliyatini jamiyat uchun manfaatli va boshqalar uchun foydali qiladi, odamlarni sheriklikka chorlaydi, investorlar bilan foydani bo‘lishishga rag‘batlantiradi.

Way II loyihasi va uni boshqaruvchi kompaniyaning hujjatlarini o‘rganib chiqqan Islomiy moliya, huquq va iqtisodiyot sohasida faoliyat olib boruvchi ekspertlardan iborat Ilmiy kengash o‘z xulosasini berdi va barcha bajarilgan ishlar bo‘yicha batafsil tavsifini taqdim etdi.
Natijada, ushbu xulosa, Way II loyihasi va boshqaruvchi kompaniya faoliyatining islom huquqi va moliyasi nuqtai nazaridan halol (ruxsat etilgan) va axloqiy jihatdan maqbul ekanligini tasdiqlaydi.

Way II kompaniyasi haqida

Way II – bu investisiyalarga inqilobiy yondashuvni birinchilardan bo‘lib kashf etish imkoniyati. Loyiha sarmoyangizni ishonchli boshqarish asosida, minimal xatarlar bilan daromad ko‘rish imkonini beradi.

Way II kompaniyasi o‘z mijozlari va hamkorlariga O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan investision imkoniyatlarini taqdim etishga intiladi va innovasion yondashuvni yuqori darajadagi ishonchlilik bilan uyg‘unlashtiradi. Kompaniya uzoq muddatli sherikchilik munosabatlariga va har bir ish jarayonida shaffoflikka tayanadi, bu esa kompaniyani yuqori sifatli investisiya yechimlarini izlayotgan investorlar uchun ishonchli tanlovga aylantiradi.
Way II islomiy moliya tamoyillariga mos keladigan innovasion loyihaning bir qismi bo‘lish imkoniyatini taklif etadi va yangi istiqbollar eshigini ochadi.

Birinchi investision mahsulot – Akfa Aluminium Group

Investisiya faoliyati doirasida Way II Markaziy Osiyoning yirik alyuminiy konstruksiyalari ishlab chiqaruvchisi – Akfa Aluminium Group kompaniyasining ulushini sotib olish imkoniyatini taklif etadi.

Akfa Aluminium Group o‘zining 20 yillik tarixi davomida O‘zbekiston hududida va uning tashqarisida ishonchli va mas’uliyatli ishlab chiqaruvchi sifatida o‘zini namoyon eta olgan. Kompaniya o‘z mahsulotlarini 27 mamlakatga eksport qilmoqda. Bugungi kunda kompaniya mintaqadagi eng yirik avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish majmualardan biriga egalik qilib kelmoqda.

Netvorking va biznes aloqalari

Way II loyihalarida ishtirok etish boshqa biznes egalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi. Investorlar turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan professionallar bilan tanishish, o‘z biznes aloqalarini kengaytirish va eksklyuziv tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun:

Tel: +998 (78) 555-55-55

Facebook: @way_ll_group

Instagram: @way_ll_group

Telegram: @wayllgroup

Twitter: @way_ll_group

LinkedIn: @wayllgroup

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin
/
Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin
«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
/
«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin
/
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin