Naqd valyuta xaridida pasportsiz limit $500 gacha oshirilishi mumkin

Markaziy bank loyihasiga ko‘ra, identifikatsiya talabi bo‘yicha chegaralar ham qayta ko‘rib chiqilmoqda

Naqd valyuta xaridida pasportsiz limit $500 gacha oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan qaror loyihasida naqd chet el valyutasini shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz sotib olish limitini oshirish taklif etildi.

Hujjatga ko‘ra, amaldagi $100 miqdoridagi cheklovni $500 gacha kengaytirish rejalashtirilmoqda. Agar taklif ma’qullansa, fuqarolar $500 ekvivalentigacha bo‘lgan naqd valyutani pasport taqdim etmasdan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, banklar tomonidan mijozlarni tekshirish tartiblari saqlanib qoladi. Ular mijozning shaxsini aniqlash va tasdiqlash, zarurat tug‘ilganda uning nomidan ish yuritayotgan shaxs vakolatlarini tekshirish, benefitsiar mulkdorni aniqlash hamda operatsiyalarning maqsadi va xususiyatini o‘rganishi shart.

Shuningdek, mijoz operatsiyalarining uning moliyaviy profiliga mosligi muntazam monitoring qilinadi, zarur hollarda mablag‘lar manbasi ham tekshiriladi.

Loyihada bank hisobvarag‘i ochmasdan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha identifikatsiya talablari ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda bunday tekshiruvlar bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (taxminan 206 mln so‘m) yoki undan yuqori summalarda majburiy hisoblanadi.

Yangi taklifga ko‘ra, ushbu chegarani 175 mln so‘m miqdorida qat’iy belgilash rejalashtirilgan.

Markaziy bank tushuntirishiga ko‘ra, o‘zgarishlar aholiga qulaylik yaratish bilan birga xalqaro standartlarga moslashishni ham ko‘zda tutadi. Xususan, chegaraviy summa FATF tavsiyalariga muvofiqlashtirilmoqda. Ushbu tavsiyalarga ko‘ra, bir martalik operatsiyalar uchun identifikatsiya talabi $15 mingdan boshlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklarda “islomiy oyna” joriy etiladi
/
O‘zbekistonda banklarda “islomiy oyna” joriy etiladi
Markaziy bank fevralda 11 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank fevralda 11 ta bankka jarima qo‘lladi
Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi
/
Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi