Uzum 400 mlrd so‘mlik obligatsiyalarning ikkinchi paketini chiqaradi

Yangi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlilik yillik 24% darajasida belgilandi

Uzum 400 mlrd so‘mlik obligatsiyalarning ikkinchi paketini chiqaradi

Uzum ekotizimiga kiruvchi Makesense kompaniyasi Toshkent fond birjasida 400 mlrd so‘mlik obligatsiyalarni joylashtirmoqda. Bu haqda fond birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qimmatli qog‘ozlar (tikker — UZUMN2B2) Makesense kompaniyasi nomidan, Uzum guruhining tarkibiy qismi sifatida chiqarilgan. Ular allaqachon birjaning kotirovka ro‘yxatiga kiritilgan, savdolar esa 3-noyabr kuni boshlanadi.

Jami 4 ming dona obligatsiya joylashtirilmoqda, ularning har birining nominal qiymati 100 mln so‘m. Qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lish muddati 2 yil (720 kun) etib belgilangan. Kupon stavkasi 24% darajasida bo‘lib, foiz to‘lovlari har 90 kunda amalga oshiriladi.

Bu Uzum guruhining ikkinchi obligatsiya emissiyasi hisoblanadi. Joriy yilning mart oyida kompaniyalar guruhi fond birjasida 300 mlrd so‘m jalb qilgan edi. O‘shanda kupon stavkasi 25% bo‘lgan va tushgan mablag‘lar fintex yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Kapital.uz avvalroq Uzum tarmog’ida yaqin kelajakda IPOga chiqishi va maydon sifatida London fond birjasini ko’rib chiqayotgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi