“Uzstanex” kompaniyasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Bundan tashqari, Rossiyaning 13 ta banki xalqaro bank aloqa tizimidan uzib qo‘yildi

“Uzstanex” kompaniyasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 16-sanksiya paketini qabul qildi.

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi “Rossiya moliya va bank tizimlari uchun muhim ahamiyatga ega” deb hisoblangan Rossiyaning 13 ta mintaqaviy bankini SWIFT xalqaro bank aloqa tizimidan uzib qo‘ydi. Xususan, ushbu ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:

  • Ak Bars Bank;
  • Uralsib;
  • “Tochka” banki;
  • Национальный резервный банк;
  • Roseksimbank;
  • “Sinara” banki;
  • Primsotsbank;
  • BBR-bank;
  • “RNKO” to’lov konstruktori;
  • “Sankt-Peterburg” to’lov markazi;
  • “Kuznetsk” biznes banki;
  • Mirbiznesbank;
  • “Kuban-kredit” banki;
  • MFK “Tochka oporы”. 

Avvalroq, Kapital.uz “Asia-Invest Bank” Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushishi mumkinligi haqida xabar bergan edi

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga eksport qilish taqiqlangan va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ikki maqsadli mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirdi. Va “Rossiya harbiy-sanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlovchi yoki sanksiyalarni chetlab o‘tish bilan shug‘ullanuvchi” 53 ta kompaniyaga bu cheklovlar kiritildi. Bular orasida Rossiyada tashkil etilgan 19 ta tashkilot va uchinchi mamlakatlardan 34 ta tashkilot mavjud: Xitoy (Gonkongdagi 2 tasi bilan birga 25 ta tashkilot), Hindiston, Qozog‘iston va BAA (ikkitadan), O‘zbekiston, Turkiya va Singapur (bittadan).

O‘zbekiston kompaniyalaridan “Uzstanex” sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu kompaniyaga qarshi 2024-yil kuzida AQSH va Buyuk Britaniya sanksiyalar joriy etgan edi.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, Uzstanex 2018-yil iyulida ro‘yxatdan o‘tgan va “mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi” bilan shug‘ullanadi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan kompaniyaning ustav fondi 65 mln so‘mni tashkil etadi. Firmaning yagona ta’sischisi – Abramov Vasiliy Vitalevich, direktori – Boysov Dmitriy Aleksandrovich.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi