O‘zRTXB 2025-yilda savdo hajmini 31% ga oshirdi
Davlat xaridlarida 9,8 trln so‘m tejaldi, birja faoliyatida raqamlashtirish kuchaydi
2026-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX)da 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o’tgan yili UZEXda tuzilgan bitimlar hajmi 2024-yilga nisbatan 31% ga oshdi. O‘sish quyidagi yo‘nalishlarda kuzatildi:
- Birja savdolari — 24%;
- Elektron davlat xaridlari — 46%;
- Yarmarka savdolari — 9%;
- Telefon raqamlari savdosi — 55%.
Platformalarda 30 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tib, xarid.uzex.uz tizimi orqali o‘tkazilgan savdolar natijasida 9,8 trln so‘m mablag‘ tejalgan, tejash hajmi esa 26% ga oshgan.
Bundan tashqari, 4,6 tonna qimmatbaho metall, jumladan 4,3 tonna oltin sotildi. Oltinning o‘rtacha narxi yil davomida 52% ga qimmatlashdi.
Telefon raqamlari savdosi bo’yicha 7 mingdan ortiq raqam sotilgan, bunda eng arzon narx — 31,5 ming so‘m, eng yuqori narx — 800 mln so‘mni tashkil qilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ