Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi

Uzbekistan Business Awards — iqtisodiy rivojlanish, innovatsiyalar va mas’uliyatli biznes yuritishda namuna bo‘lgan kompaniyalar har yili taqdirlanadigan mukofot

Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi

Pepsi ichimliklarining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi — International Beverages Tashkent kompaniyasi “Yilning yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasi bo‘yicha nufuzli Uzbekistan Business Awards — 2024 mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot «International Beverages Tashkent» kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri sifatida ahamiyatli ekaninining yana bir tasdig‘idir. Zero, kompaniya soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hamkorlik tarmoqlarini rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda faollik ko‘rsatib, yuksak ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etmoqda.

Kompaniya soliqlarni shaffof tarzda to‘lash orqali davlat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shyapti. Qolaversa, bu bilan infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish kabi muhim davlat dasturlarini amalga oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Shu ma’noda, bugun “International Beverages Tashkent” davlat va jamiyat ishonchini mustahkamlab, biznes rivoji,  mamlakatning barqaror taraqqiyoti va farovonligiga salmoqli ulush qo‘shayotgan namunali kompaniya sifatida hurmat qozondi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Way II investorlariga 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lab berildi
/
Way II investorlariga 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lab berildi
Temir yo‘l tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
/
Temir yo‘l tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi