“UzBAT” kompaniyasidagi 2,6% lik davlat ulushi sotildi

Bitimning umumiy qiymati 269,8 mlrd so‘mni tashkil etadi

“UzBAT” kompaniyasidagi 2,6% lik davlat ulushi sotildi

“Toshkent” fond birjasida “UzBAT” kompaniyasining ustav kapitalining 2,6% ulushiga teng aksiyalar paketi sotildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

6-oktabr kuni “Toshkent” fond birjasi maydonchasida 641 mingdan ortiq qimmatli qog‘ozlar bilan tranzaksiya amalga oshirildi, bu kompaniya ustav kapitalining 2,6% ini tashkil etadi. Aksiyalar har biri 420 ming so‘mdan sotilgan. Natijada, bitimning umumiy qiymati 269,8 mlrd so‘mni ($22,2 mln) tashkil etdi.

2024-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 1,07 trln so‘mga yetib, 45,2% ga oshgan. Tushum 2,63 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi 980,7 mlrd so‘m (27,8% o‘sish) miqdorida qayd etilgan. Umumiy foyda esa 25% ga oshib, 1,65 trln so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning iyul oyida “UzBAT” aksiyadorlari 929,21 mlrd so‘m miqdorida dividend olgan, bu har bir aksiya uchun 37,7 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Avgust oyi oxiriga kelib, ushbu summaning 568,58 mlrd so‘mi yoki 61,2% qismi to‘lab berilgan.

Bitim narxini inobatga olgan holda, “UzBAT” kompaniyasining bozor kapitallashuvi taxminan 10,36 trln so‘mga baholangan, bu esa taxminan $855 mlga to‘g‘ri keladi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi