O‘zbekiston va Rossiya neft mahsulotlari yetkazib berish masalasini muhokama qildi

Tomonlar, shuningdek, yoqilg‘i ta’minoti, gaz yetkazib berish va qo‘shma energetika loyihalari hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Rossiya neft mahsulotlari yetkazib berish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan uchrashib, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Jamshid Xo‘jayev LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.

5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar neft va neft mahsulotlari, jumladan avtomobil benzini, aviatsiya yoqilg‘isi hamda neftni qayta ishlash zavodlari uchun xomashyo yetkazib berish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Rossiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilingan. Xususan, 4-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida qurilishi boshlangan O‘zbekistondagi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki loyihasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, Jamshid Xo‘jayev Rossiyaning yirik energetika kompaniyalari rahbarlari bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Gazprom neft” boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda energetika, sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Dyukov Miller bilan uchrashuvda esa energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi. Tomonlar gaz sohasidagi amaldagi hamkorlik, gaz yetkazib berishning ishonchliligi hamda energetik xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga, jumladan qish mavsumidagi eng yuqori talab davrlarida ham gazni uzluksiz yetkazib bermoqda. Uchrashuv ishtirokchilari tabiiy gazning mamlakat energetik xavfsizligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, “Rosneft” bosh direktori Igor Sechin bilan uchrashuvda yoqilg‘i-energetika majmuasidagi hamkorlik istiqbollari va amaliy sheriklikni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi