“UzAuto Motors Powertrain” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Saidazim G‘ulomov tayinlandi

U avval ham bir necha yil davomida kompaniyaga rahbarlik qilgan

“UzAuto Motors Powertrain” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Saidazim G‘ulomov tayinlandi

“UzAuto Motors Powertrain” boshqaruvchi direktori Saidazim G‘ulomov vaqtincha kompaniya bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu tayinlov haqida ma’lumot Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilindi

Qaror 26-dekabr kuni aksiyadorlar yig‘ilishida qabul qilingan. Yangi rahbar tasdiqlanguniga qadar, G‘ulomov bosh direktorning barcha vakolatlariga ega bo‘ladi. 

U avval ham bir necha yil davomida kompaniyaga rahbarlik qilgan bo‘lib, keyinchalik uning o‘rnini Bo Andersson egallagan edi.

Shuningdek, kompaniyaning yangi rahbari 2025-yil 30-iyungacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, “Kapital.uz” Bo Anderson “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” rahbari lavozimini tark etgani haqida yozgan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
/
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi