Saidazim G‘ulomov “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi

U 2023-yilning dekabridan buyon bu lavozimni egallab kelmoqda va oldinroq Bo Andersson tayinlangunga qadar kompaniyani boshqargan

Saidazim G‘ulomov “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi

Saidazim Mirkamalovich G‘ulomov “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda ma’lumot Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilindi.

Ushbu tayinlovgacha G‘ulomov kompaniyada bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. U 2023 yilning dekabr oyida ushbu vazifaga tayinlangan va yangi rahbar tasdiqlanguniga qadar barcha vakolatlarga ega bo‘lgan.

G‘ulomov avval ham bir necha yil davomida “UzAuto Motors Powertrain” rahbari bo‘lib ishlagan. Keyinroq uning o‘rnini Bo Andersson egallagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshlarida Bo Andersson ham “UzAuto Motors”, ham “UzAuto Motors Powertrain” rahbarligi lavozimlarini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi