“UzAuto Motors” ning foydasi 2,7 trln so‘mdan oshdi

Kompaniya daromadi 2023-yilga nisbatan 42,5% ga yuqorilagan

“UzAuto Motors” ning foydasi 2,7 trln so‘mdan oshdi

2024-yil III choragida “UzAuto Motors” AJ ning sof foydasi 2,7 trln so‘mdan oshib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 42,5% ga ko‘paygan. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Hisobot davrida kompaniya tushumi 6,5% ga oshgan bo‘lsa, sotilgan mahsulot tannarxi bor-yo‘g‘i 1,5% ga oshgan. Natijada, kompaniyaning yalpi foydasi 5,1 trlndan 7,1 trln so‘mgacha yetib, yillik hisobda 38,5% ga o’sgan.

2024-yil boshidan III chorak oxirigacha uzoq muddatli bank kreditlari hajmi 1,8 trlndan 1,6 trln so‘mgacha kamaygan. Shu bilan birga, uzoq muddatli qarzlar hajmi 3,7 trlndan 3,8 trln so‘mgacha oshgan.

2025-2026 yillarda “UzAuto Motors”, “UMS” (Mobiuz), “Issiqlik elektr stansiyalari” va yana 26 ta kompaniya aksiyalarini xalqaro va mahalliy bozorlarda joylashtirish rejalashtirilgan. UzAuto Motors ulushini sotish kelgusi yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan.

Avvalroq “UzAuto Motors” Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari sotuvini to‘xtatgandi. Ushbu modeldagi barcha avtomobillar allaqachon shartnoma tuzilgan. Ayni paytda Uzavtosavdo saytida faqat Damas, Tracker, Captiva va Onix modellariga shartnoma tuzish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi