UVT Aero aviakompaniyasi Qozondan Toshkent va Buxoroga to’g’ridan-to’g’ri reyslarni amalga oshiradi

Hozirda kompaniya Samarqandga parvozlarni amalga oshirmoqda

UVT Aero aviakompaniyasi Qozondan Toshkent va Buxoroga to’g’ridan-to’g’ri reyslarni amalga oshiradi

Tataristonning UVT Aero aviakompaniyasi O’zbekistonga parvoz dasturini kengaytirishni va Qozondan Toshkent va Buxoroga to’g’ridan-to’g’ri reyslarni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TAСС xabar berdi.

Aviakompaniya bosh direktori Pyotr Trubaevning ta’kidlashicha, Samarqandga parvoz mavsumiy yo’nalish bo’lishiga qaramay, yaxshi bandlikka ega va kompaniya har yili ikki-beshta yangi yo’nalishni ochadi. 

Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning avgust oyida UVT Aero aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yo’nalishi bo’yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. 

Bundan tashqari, kelajakda Siktivkar va Perm-Usinskga reyslar ochilishi rejalashtirilgan. Biroq, Qozondan Gruziyaga to’g’ridan-to’g’ri reyslarni ochishga Gruziya rasmiylari hali ruxsat bermagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
/
“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi