Koreya kompaniyasi Urganch xalqaro aeroportini boshqarish vakolatiga ega bo‘ldi

Incheon International Airport Corporation kompaniyasi tenderda g‘olib deb topildi

Koreya kompaniyasi Urganch xalqaro aeroportini boshqarish vakolatiga ega bo‘ldi

Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov natijasida idoralararo tender komissiyasi Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasini g‘olib deb topdi.

Loyihaga ko‘ra, keyingi qadamda 19 yillik konsessiya muddatini o‘z ichiga olgan DXSh shartnomasini tuzish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasi doirasida g‘olib kompaniya yo‘lovchi va yuk terminallarini qurishi va boshqarishi, jumladan, yerda xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirishi belgilangan.

Shuningdek, davlat sherigi aerodrom majmuasini qurish va boshqarish (uchish-qo‘nish yo‘lagi, perron) uchun javobgarlikni o‘ziga oladi.

“Loyihani amalga oshiruvchi jamoa Xorazm aeroportini yo‘lovchilar uchun eng zamonaviy va qulay aeroportlardan biriga aylantirib, mintaqaning xorijiy sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishiga va O‘zbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishiga ishonamiz” — deyiladi Uzbekistan Airports kompaniyasi izohida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda