Markaziy bank “United Payment Solution” to’lov tashkilotidan litsenziyani qaytarib oldi

Buning sababi litsenziyani olganidan keyin bir yil ichida kompaniyaning faoliyat yuritmagani

Markaziy bank “United Payment Solution” to’lov tashkilotidan litsenziyani qaytarib oldi

Joriy yilning 13 sentabr kuni Markaziy bank to’lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun “United Payment Solution” aksiyadorlik jamiyatidan litsenziyani qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda regulyator xabar berdi.

Buning sababi litsenziyani olganidan keyin bir yil ichida kompaniya faoliyatini yuritmayotgani.

Shuningdek, kompaniya to’lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi.

KTYADR ma’lumotlariga ko’ra, “United Payment Solution” o’tgan yilning mart oyida ro’yxatdan o’tgan. Uning muassisi G’izatullin Rustam Sabirovich bo’lib, ustav fondi 50 mln so’mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi