Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Mamlakatda faoliyat olib borayotgan mikromoliya tashkilotlari soni 127 taga yetdi

Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha navbatdagi 27/5, 27/6 va 27/9-sonli qarorlarni qabul qildi.

Unga ko‘ra, quyidagi jamiyatlar mikromoliya tashkiloti sifatida reyestrga kiritildi:

  • “FINCOM INVEST MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MChJ
  • “VAFO MOLIYA” MChJ
  • “QANOT FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MChJ

Markaziy bank ushbu tashkilotlar endilikda mikromoliya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi.

Mamlakatda faoliyat olib borayotgan mikromoliya tashkilotlari soni 127 taga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi
/
O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi
O‘zbekistonda ayollar faolligini oshirish uchun BMT va ACWA Power sarmoya kiritadi
/
O‘zbekistonda ayollar faolligini oshirish uchun BMT va ACWA Power sarmoya kiritadi
O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda