Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologik markazida rahbarlik lavozimlariga tanlov e’lon qilindi

Nomzodlardan kamida 15 yillik tajriba va ingliz tilini mukammal bilish talab etiladi

Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologik markazida rahbarlik lavozimlariga tanlov e’lon qilindi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologik markazi (TMFX) Administratsiyasi boshqaruvchisi va Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbari lavozimlariga nomzodlarni tanlash boshlandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi iqtisodiy zona 2026-yil 30-martdagi prezident farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Markaz 2027-yil boshidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ingliz huquqi elementlari asosida faoliyat yuritadi hamda mustaqil sud tizimiga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan boshqaruv jamoasini shakllantirish jarayoni boshlandi.

Markazning oliy ijro etuvchi lavozimi — Administratsiya boshqaruvchisi bo‘lib, u bevosita prezident boshchiligidagi kengashga hisobdor bo‘ladi. Uning vazifalariga tizimni noldan yo‘lga qo‘yish, xalqaro investitsiya fondlarini jalb qilish hamda markazni 5–6 yil ichida o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan darajaga olib chiqish kiradi. Ushbu lavozimga nomzodlardan huquq, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumot, kamida 15 yillik rahbarlik tajribasi, shuningdek, umumiy huquq (common law) tizimida amaliy ish tajribasi talab etiladi.

Ikkinchi ochiq lavozim — Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbari. Bu mustaqil nazorat organi bo‘lib, litsenziya berish, rezidentlar faoliyatini monitoring qilish va normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Yangi rahbar zimmasiga fintex kompaniyalar uchun “regulyator qumdoni”ni ishga tushirish, pul yuvishga qarshi tizimlarni joriy etish va raqamli aktivlar aylanmasini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi. Nomzodlar moliya yoki huquq sohasida diplomga, kamida 15 yillik tajribaga ega bo‘lishi, shuningdek, Basel III/IV, IOSCO va FATF kabi xalqaro standartlarni bilishi lozim.

Har ikki lavozim uchun asosiy ish tili ingliz tili etib belgilangan. Ish haqi va kompensatsiya paketlari har bir nomzod bilan alohida, xalqaro top-menejerlar standartlari asosida kelishiladi. Xorijiy mutaxassislarga viza va tashkiliy masalalarda ko‘mak beriladi.

Tanlov bir necha bosqichda o‘tkaziladi: dastlab rezyumelar saralanadi, so‘ng loyiha ofisi va vazirlik vakillari bilan suhbatlar tashkil etiladi. Yakuniy qaror direktorlar kengashi tomonidan qabul qilinadi. G‘oliblar 2026-yilning uchinchi yoki to‘rtinchi choragidan ish boshlashi kutilmoqda. Arizalar tiifc.hr@miit.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin