O‘zbekistonda Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilanadi

Tartib 1-iyundan boshlab 30 kunga amal qiladi

O‘zbekistonda Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilanadi

2025-yil 1-iyundan Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi. Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini $4 mlrdga yetkazish;
  • ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Shuningdek, 2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.

2025-yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
/
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi
/
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi