Toshkentda transport nazoratchilariga yo‘l haqini to‘lamaganlarni jarimaga tortish huquqi berildi

Yil boshidan buyon qariyb 20 nafar fuqarolar yo‘l haqini to‘lamagan

Toshkentda transport nazoratchilariga yo‘l haqini to‘lamaganlarni jarimaga tortish huquqi berildi

Toshkent shahri yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Vazirlik qayd etishicha, Toshkent shahri jamoat transportida 2025-yilning 11 oyi davomida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda va kuniga 350−400 gacha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun jarima BHMning o‘ndan bir qismini — 41 200 so‘mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2026-yilda soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi
Jizzaxda 1 mingta savdo shoxobchasiga ega uch qavatli “Ekobozor” quriladi
/
Jizzaxda 1 mingta savdo shoxobchasiga ega uch qavatli “Ekobozor” quriladi
O‘zbekistonda Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq davlatlariga import bojlari bekor qilinadi
/
O‘zbekistonda Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq davlatlariga import bojlari bekor qilinadi