O‘zbekistonda 2026-yilda soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi

Shuningdek, daromadi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliqdan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2026-yilda soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi

Bugun, 3-dekabr kuni Quyi palata majlisida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov soliq siyosati bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, kelgusi yilda soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilmoqda. Ijtimoiy foiz 12%, QQS, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari 12%, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1,5% qilib belgilanmoqda.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-yanvardan boshlab bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilish ko‘zda tutilmoqda.

Korxonalar o‘z mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini bepul qilib bersa, korxonaning ushbu mablag‘larini foyda solig‘idan chegirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, daromadi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliqdan ozod etiladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQS nol stavkasi joriy etilmoqda. Natijada 13,5 mingta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hisobida 700 mlrd so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish maqsadida ham bir qator imtiyozlar taqdim etilmoqda.

Jahon savdo tashkilotining talablaridan kelib chiqib, 1-fevraldan boshlab aksiz stavkalari o‘rtasidagi farq yaqinlashtirilmoqda.

Soliqlar bo‘yicha tushumlar 116,3 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 6% bo‘lishi kutilmoqda. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 64,5 trln so‘m bo‘lishi, bilvosita soliqlar bo‘yicha tushumlar esa 124,6 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin