“Trump Organization” kompaniyasi Trump Mobileni ishga tushirdi

Telefonning asosiy “47-tarif” rejasi oyiga $47.45 turadi, bu Trampning ikki prezidentlik muddatiga ishora qiladi

“Trump Organization” kompaniyasi Trump Mobileni ishga tushirdi

16-iyun kuni AQSH prezidenti Donald Trampning biznes imperiyasini boshqaruvchi “Trump Organization” kompaniyasi yangi mobil aloqa xizmati va mobil telefon — Trump Mobileni ishga tushirganini e’lon qildi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.

Trump Mobile o‘zining asosiy tarif rejasini “47-tarif” deb nomlagan. Bu reja oyiga $47.45 turadi va Trampning birinchi hamda ikkinchi prezidentlik muddatlariga ishora qiladi. Tarif foydalanuvchilarga cheksiz qo‘ng‘iroqlar, SMS va mobil internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, 100 ta davlatga xalqaro qo‘ng‘iroqlar bepul, harbiylar va ularning oilalari uchun esa uzoq masofali qo‘ng‘iroqlar imtiyozli tarzda taqdim etiladi.

Xizmatlar qatoriga 24/7 avtomobil yo‘li yordam xizmati, telemeditsina xizmatlari (virtual tibbiy maslahatlar, ruhiy salomatlik yordami va dori-darmon buyurtmasi) ham kiritilgan.

Trump Mobile, shuningdek, Android operatsion tizimida ishlovchi T1 nomli yangi smartfonni ham taqdim etadi.

Picture background

T qurilmasi Android 15 tizimida ishlaydi, 256 GB ichki xotira va 12 GB tezkor xotiraga ega. Telefon yuzni aniqlash va barmoq izi orqali blokdan chiqarish funksiyalari, USB-C porti hamda 3.5 mm quloqchin ulagichi bilan jihozlangan. Qurilmaning chakana narxi $499 etib belgilangan bo‘lib, xaridorlar uni $100 oldindan to‘lov evaziga hozirdanoq buyurtma qilishlari mumkin. Rasmiy chiqish sanasi esa hali e’lon qilinmagan.

Trump Mobile xizmatlari va qurilmalari to‘liq AQSH hududida ishlab chiqariladi va boshqariladi. “Trump Organization” vitse-prezidenti Erik Trumpning aytishicha, kompaniya xorijdagi qo‘ng‘iroq markazlaridan foydalanmaydi, balki barcha mijozlarga Missuri shtatining Sent-Luis shahridagi markaz orqali xizmat ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilinmoqda
/
Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilinmoqda
Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi
/
Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi
Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi
/
Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi