Pokistonning transport-logistika kompaniyasi Toshkentda yangi markaz ochishni rejalashtirmoqda
Shuningdek, davlatlar o’rtasida o’zaro tovar ayriboshlash hajmini $1 mlnga yetkazish maqsad qilinmoqda
Фото: Dunyo
O’zbekiston elchisi Pokistonning Ravalpindi shahrida “National Logistics Corporation” (NLC) transport-logistika kompaniyasi rahbari Farrux Shahzad Rao bilan uchrashib, poytaxtda yangi markaz ochishni muhokama qildilar. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, ikki davlat o’rtasida iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va o’zaro tovar ayriboshlash hajmini $1 mlnga yetkazish maqsadida transport-logistika kompaniyalari imkoniyatlaridan foydalanish ham ko’rib chiqildi.
Kompaniyaning Toshkentdagi ofisi faollikni oshirib, Termiz Kargo Markazi majmuasidagi omborni kengaytirish ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, yangi logistika markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Farrux Shahzod Rao O‘zbekistonni Pokiston yuklari uchun “qulay logistika markazi” sifatida alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikaning tranzit imkoniyatlari kompaniyaga MDH va Yevropa bozorlariga chiqish orqali yuk tashish geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ