Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

Shuningdek, 2030-yilgacha 100 km kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar tashkil etiladi

Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangan edi. Bosh rejaga ko‘ra, poytaxtimiz hududi 3 ta – konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan.

Jumladan, renovatsiya zonasiga eski, kam qavatli uylar, shaharsozlik va zilzilabardoshlilik talablariga javob bermaydigan binolar kiritilgan. Ular bosqichma-bosqich bartaraf etilib, bo‘shatilgan hudud zamonaviy loyihalar asosida qaytadan qurilishi ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda shu boradagi rejalar haqida axborot berildi.

Qayd etilganidek, bosh rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda 65 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Binolar kam maydonda qurilib, mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, yangi yashil hududlar barpo etiladi.

Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlarni 3 karra ko‘paytirib, 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan. Bu, o‘z navbatida, suv yo‘llarini yaxshilashni talab etadi.

Taqdimotda shahar irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining yangi bosh reja bilan uyg‘unlashtirilgan tizimi ham ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, 2030-yilgacha 100 km kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar tashkil etiladi.

Turkiyaning “Su-yapi engineering and consulting” kompaniyasi bilan birga drenaj tarmoqlaridagi muammolar o‘rganilgan. Aerofoto, geodeziya va yog‘ingarchilik tahlili asosida bu tarmoqlarni yangilash bo‘yicha master-reja ishlab chiqilgan. O‘tgan yili 45 ta suv toshqini hududlari bartaraf etilgan. Bu yil yana 34 ta joyda shunday ishlar bajariladi.

Davlat rahbariga Toshkent shahrida investitsiya loyihalarining holati haqida ham axborot berildi.

Poytaxtda umumiy qiymati $25 mlrdlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. 2025-yilda shundan $7,5 mlrd o‘zlashtirilib, 265 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bularning natijasida turar joylar, savdo va ko‘ngilochar majmualar qurilib, sanoat korxonalari tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta‘lim muassalari xodimlarining ish haqi oshiriladi
/
Yangi o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta‘lim muassalari xodimlarining ish haqi oshiriladi
O‘zbekistonda aprel oyida avtomobil savdosi 17% ga oshdi
/
O‘zbekistonda aprel oyida avtomobil savdosi 17% ga oshdi
Avtomobilning old yon oynalarini qoraytirish uchun to‘lovlar bekor qilinmagan
/
Avtomobilning old yon oynalarini qoraytirish uchun to‘lovlar bekor qilinmagan