Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilinmoqda
Loyiha tashabbuskori elektronika ishlab chiqaruvchi “Foton” kompaniyasi hisoblanadi

Foto: Oʻzbekiston 24
Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Toshkentda rejalashtirilgan jamoat transporti qurilishi va rivojlantirish loyihalari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.
“O‘zbekiston 24” telekanali xabariga ko‘ra, Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurilishi taklif etilgan. Loyiha tashabbuskori elektronika ishlab chiqaruvchi “Foton” kompaniyasi hisoblanadi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh rejasi saytida ko‘rsatilishicha, loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Sharof Rashidov” mahallasi hududi renovatsiya zonasiga kiradi.
Loyiha doirasida 6 ming kishiga mo‘ljallangan 1,5 mingta kvartira qurilishi ko‘zda tutilgan. Eng baland minora 53 qavatdan iborat bo‘ladi. Loyiha zilzilabardoshligi (8 ballgacha), gidrogeologik holati hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha ijobiy xulosa olgan. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmagan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ