Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish boshlanadi

Har bir bekatga ikkitadan videokamera joylashtirilib, avtobus harakatlarini ko‘rsatib turuvchi elektron monitorlar bilan jihozlanadi

Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish boshlanadi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini yanada zamonaviy va qulay qilish maqsadida “aqlli” bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, innovatsion bekatlarda xavfsizlik va qulaylikka alohida e’tibor qaratiladi. Har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi.

Shuningdek, favqulodda holatlar uchun maxsus SOS tugmasi o‘rnatiladi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun esa alohida kutish joylari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, bekatlarda avtobuslar harakat jadvalini ko‘rsatib turuvchi elektron monitorlar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar uchun tezkor xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi vending qurilmalari ham joylashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, “aqlli” bekatlar jamoat transportidan foydalanishni yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Kapital.uz avvalroq Toshkentda avtobus bekatlaridagi barcha savdo nuqtalari olib tashlanishi haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshdi
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga $2,2 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi
/
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga $2,2 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi
Ko‘chmas mulk yoki transport vositalarini naqd pulsiz sotish tartibi tasdiqlandi
/
Ko‘chmas mulk yoki transport vositalarini naqd pulsiz sotish tartibi tasdiqlandi