2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinadi

1-fevralga qadar jamoat transportini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va alohida dasturni qabul qilish rejalashtirilmoqda

2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinadi

2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shuningdek, vazir 675 ta yangi infokioskni o‘rnatish rejalashtirilganini aytib o‘tdi. Ushbu kiosklar orqali yo‘lovchilar avtobuslarda foydalanish uchun QR-kodli bir martalik chiptalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, 1-fevralga qadar Toshkentda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, alohida dastur qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda shaharda 5100 ta infokiosk faoliyat yuritmoqda, shundan 769 tasi avtobus bekatlarida joylashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi