Chiqindi xizmatidan qarzdorlikni uzish uchun qo‘shimcha 5 kun beriladi

Bu sms-xabarnoma olgandan so‘ng hisoblanadi

Chiqindi xizmatidan qarzdorlikni uzish uchun qo‘shimcha 5 kun beriladi

Bugun, 24-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi

Qonun loyihasiga ko‘ra, iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Qarzdorlik haqida qisqa xabar (SMS) yuborilgandan so‘ng, besh kun ichida to‘lov amalga oshirilmasa, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, iste’molchilarning huquqlari to‘liq himoya qilinishi kafolatlanadi. Chiqindilarni olib chiqish tashkilotlari to‘lovlarning adolatli va to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgar bo‘ladi. Agar bu talablar buzilsa, iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplanishi shart qilib belgilangan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Biroz avval zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari ayrim soliqlardan ozod etilishi haqida qonun loyihasi qabul qilingan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC O‘zbekistonda birinchi to‘liq raqamli biznes bank xizmatini ishga tushirdi
/
TBC O‘zbekistonda birinchi to‘liq raqamli biznes bank xizmatini ishga tushirdi
O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
/
O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
O’zbekistonda dollar kursi rekord darajaga ko’tarildi
/
O’zbekistonda dollar kursi rekord darajaga ko’tarildi