TIV AQSHdagi o‘zbekistonlik haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Murojaatda migrantlardan huquqiy maqomni tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurish tavsiya etilmoqda

TIV AQSHdagi o‘zbekistonlik haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShda transport vositalarini boshqarayotgan fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, butun mamlakat bo‘ylab federal immigratsiya organlari huquqni muhofaza qilish va tekshirish ishlarini kuchaytirgan.

Tekshiruvlar davomida haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi, shaxsiy hujjatlarning muddati va qonuniyligi, ish huquqi va immigratsiya maqomi, shuningdek, haydovchilarning ingliz tilini bilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmoqda, — deyiladi xabarda.

Yaqinda AQSh rasmiylari O‘zbekiston fuqarolari hibsga olinganini xabar bergandi, ulardan biri bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalangan, yana biri esa o‘z vatanida qidiruvda bo‘lgan.

TIV AQShda avtomashina boshqarayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolariga qonuniy immigratsiya maqomini tasdiqlovchi hujjatni o‘zlari bilan olib yurishni hamda barcha hujjatlar tartibli ekanini ta’minlashni qat’iy tavsiya qildi.

Har qanday shubhali yoki muammoli vaziyat yuzaga kelsa, fuqarolarga zudlik bilan O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish so‘raladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda elektron sigaretalar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
/
O‘zbekistonda elektron sigaretalar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi
/
O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi
Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida harakat yana 4 kunga cheklanadi
/
Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida harakat yana 4 kunga cheklanadi