16.3.2026 | 13:05
“Temiryo‘lekspress” “Navroʻz” bayrami arafasida qoʻshimcha qatnovlarni amalga oshiradi
Qatnovlar 19, 23, 24-mart kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida bo'ladi
“Navroʻz” bayrami munosabati bilan yoʻloovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari 19, 23, 24-mart kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida o’z harakatlarini amalga oshiradi:
- Toshkent markaziy vokzalidan soat 06:10 da (Poyezd №778);
- Buxoro vokzalidan soat 18:08 da (Poyezd №777).
Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti, mobil ilova va temir yo‘l kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
Safaringizni oldindan rejalashtiring va bayram kunlarini yoqimli o‘tkazing.
“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati.
Instagram: @afrosiyobexpress
Telegram: @railwayexpress_uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ