Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining muhim obyektlari qurilishi boshlandi

Qurilish doirasida har biri 10 kilometrdan uzun bo‘lgan 3 ta tunnel quriladi

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining muhim obyektlari qurilishi boshlandi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzak tumanida 29-aprel kuni Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi doirasida muhim obyektlar qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ushbu temiryo‘l qurilishi doirasida har biri 10 kilometrdan uzun bo‘lgan 3 ta tunnel qurish rejalashtirilgan:

  • 1-son Norin (DjamanDavan) tunneli — uzunligi 12,5 kilometr;
  • Qo‘shto‘ba (Kazarman) tunneli — uzunligi 13,2 kilometr;
  • Farg‘ona tog‘ tunneli — uzunligi 12,2 kilometr.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi haqida

2024-yil iyul oyida Samarqandda O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch davlat o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berish marosimini 2024-yil 27-dekabr kuni Jalolobod shahrida bo‘lib o‘tdi. Mazkur temiryo‘l loyihasining umumiy uzunligi  532,53 kilometrni tashkil etadi. Qashg‘ar—Torugart—Makmal—Jalolobod—Andijon yo‘nalishi bo‘ylab 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 tunnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi: omborlar va terminallar yaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi
/
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi haqidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi haqidagi qonunni ma’qulladi